25 Sentabr 2024, 17:04 Oʻzbekiston

Xorazmdagi banklardan birida yong‘in yuz berdi

Urganch shahridagi banklardan birining tom qismida ying‘in chiqdi.

Xorazmdagi banklardan birida yong‘in yuz berdi

Xorazm viloyati Urganch shahridagi banklarning birida yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

Keltirilishicha, 25-sentyabr kuni soat 11:05 da Urganch shahar, “Navbahor” MFY, Tinchlik ko‘chasida joylashgan banklarning biri binosining ijaraga berilgan yuqori qismida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Yong‘in-qutqaruvchilar soat 11:10 da hodisa joyiga yetib borib, soat 11:30 da yong‘in o‘rab olingan va soat 12:22 da o‘chirilgan. Hodisa natijasida bino tom qismining taxminan 30 kv/m maydoni yonib zararlangan.

Yong‘inni bartaraf etishga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon jalb etilgan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mashhur yangiliklar