5 Oktabr 2024, 15:43 Oʻzbekiston

Xorazmda qariyb 240 mln so’mlik dorilarning noqonuniy savdosi fosh qilindi

Urganch shahrida dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi.

Xorazmda qariyb 240 mln so’mlik dorilarning noqonuniy savdosi fosh qilindi

Xorazm viloyati Urganch shahrida dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi, deb xabar bermoqda Prokuratura departamenti axborot xizmati.

Unga ko’ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xiva tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. “R.F.” xususiy korxonasi rahbari Y.R. tegishli ruxsatnoma olmasdan korxonaga qarashli dorixonada dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan.

855 turdagi jami 48 391 dona umumiy bahosi 239 mln so‘mlik dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar