Xorazmda erkak o‘g‘lini otib o‘ldirib, kelini va nevarasini og‘ir jarohatladi
Yangiariq tumanida 71 yoshli erkak 51 yoshli o‘g‘lini otib o‘ldirgan. Shundan so‘ng kelini va nevarasini ham og‘ir jarohatlagan.

Xorazm viloyati Yangiariq tumanida ota o‘z o‘g‘lini ov miltig‘i bilan otib o‘ldirdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tumanning Yangiariq mahallasida yashagan 71 yoshli erkak 51 yoshli o‘g‘lini otib o‘ldirgan. Shundan so‘ng kelini va nevarasini ham og‘ir jarohatlagan.
Ushbu jinoyat tergov-tezkor guruhi tomonidan fosh etilib, gumonlanuvchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Ayni vaqtda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va keng jamoatchilik vakillari, mahalla aholisi ishtirokida o‘tkazilgan yi mazkur jinoyatning kelib chiqish sabablari va oqibatlari muhokama etildi.
Viloyat hokimi ushbu jinoyatning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar dastlabki tergov va sud organlari tomonidan batafsil o‘rganilishi, jinoyatlarning oldini olishga mas’ul bo‘lgan shaxslar hamda qotillik sodir etilgan mahalla yettiligi faoliyatiga ham tanqidiy nuqtai nazardan baho berilishini aytib o‘tdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Uch viloyatda noqonuniy yer savdosiga chek qo‘yildi Surxondaryoda ona-bola o‘ldirildi, ularning uyi yoqib yuborilgan Xorazmdagi YTHda velosipedchi halok bo‘ldi Farg‘onada erkak o‘zi o‘g‘rilikka tushgan xonadon bekasini pichoqlab o‘ldirdi Xorazm Transport boshqarmasi mutaxassisi 80 ming dollar bilan ushlandi
Soʻnggi yangiliklar







