10 Sentabr 2024, 13:28 Oʻzbekiston

Xorazmda 4 tup pavlovniya daraxtini kesgan shaxs 27 mln so‘mdan ortiq jarimaga tortildi

Xonqa tumanida 4 tup pavlovniya daraxtini kesgan shaxs 27 mln so‘mdan ortiq jarima to‘laydigan bo‘ldi.

Xorazmda 4 tup pavlovniya daraxtini kesgan shaxs 27 mln so‘mdan ortiq jarimaga tortildi

Xorazm viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Xonqa tuman bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Reyd davomida fuqaro T.B. tomonidan 4 tup pavlovniya daraxtini qonunga zid tarzda kesganlik holati aniqlandi. Natijada tabiatga 10 mln 880 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari — 17 million so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Mashhur yangiliklar