Vazirlik elektr energiyasi rejali o‘chirilishi haqidagi xabarlarni rad etdi
Energetika vazirligi elektr energiyasi rejali o‘chirilishi haqidagi xabarlar noto‘g‘ri talqin qilinayotganini ma’lum qildi.
Energetika vazirligi soat 11 dan soat 17 gacha elektr energiyasini o‘chirilishi haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.
Vazirlik 26-iyulda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilangani haqida xabar e’lon qilgandi. Qayd etilishicha, ushbu xabarda keltirilgan faktlar noto‘g‘ri talqin qilinayotgan holatlar uchramoqda.
Xususan, bir qator Telegram kanallarda biri-biridan ko‘chirib bosilayotgan postlarda yuqoridagi materialda keltirilgan ma’lumot — 26-iyul Toshkent shahrida soat 11 dan soat 17 gacha ayrim iste’molchilarga kiritilgan qisqa muddatli vaqtinchalik cheklovlar haqidagi fakt “Elektr energiyasi 11 dan 17 gacha o‘chiriladi” mazmunida noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Ayrim saytlar ham rejali o‘chirishlar haqida yozmoqda.
Qat’iy ta’kidlaymizki, ertaga yoki keyingi kunlarda ham soat 11 dan soat 17 gacha elektr energiyasini o‘chirish rejalashtirilmayapti, deyiladi raddiyada.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi Ikki hududda “svet”dan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi Toshkent viloyatida 581,1 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Chiqindidan qarzdorlar elektr energiyasidan uzilmaydi Angrenda 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan metan “zapravka” aniqlandi