O‘zbekiston

Uzbekistan Airports davlat xaridlarida qoidabuzarliklar aniqlandi

Ushbu ish bo‘yicha hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunchilikka zid holatlarni aniqladi.

Kompaniya buyurtmasiga binoan bodikameralarni yetkazib berish, o‘rnatish va ishga tushirish bo‘yicha xizmatlar uchun amalga oshirilgan xaridda ko‘plab qoidabuzarliklar qayd etildi. Xususan, tender ishtirokchilarining takliflari tanlov hujjatlari talablariga muvofiq to‘liq va xolisona baholanmagan.

Bundan tashqari, jarayonda o‘zaro bog‘liq, ya’ni umumiy manfaat va bog‘liqlikka ega bo‘lgan shaxslar ishtirok etib, takliflarni baholashda jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Agentlik taqdimnomasiga ko‘ra, g‘olibni e’tirof etish to‘g‘risidagi komissiya bayonnomalari haqiqiy emas deb topildi. Ushbu ish bo‘yicha hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная