26 Avgust 2024, 14:56 Oʻzbekiston

Umra mavsumi qachondan boshlanishi eʼlon qilindi

Musulmonlari idorasi Umra mavsumi qachondan boshlanishini maʼlum qildi.

Umra mavsumi qachondan boshlanishi eʼlon qilindi

O‘zbekiston fuqarolari Uzbekistan Airways AJ aviakompaniyasi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarda Saudiya Arabistoniga olib boriladi.

Ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 7 kun bo‘ladi. Mavsum davomida tajribali ishchi guruhi va imom-xatiblardan iborat ellikboshilar hamda malakali shifokorlar fuqarolarga hamroh bo‘ladi.

Madina shahrida Grand Shahba, Makka shahrida esa Marmara Group Hotel mehmonxonalarida yurtdoshlar istiqomat qiladi. Mehmonxonalar 3-4 o‘rinli bo‘lib, 3 mahal taomlar, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi.

Mazkur shaharlarda muborak qadamjolarga ziyorat tashkil etiladi. Mehmonxonalarda tibbiyot punktlari, transport xizmati va ishchi guruhlari shtablari 24 soat davomida faoliyat yuritadi.

Mashhur yangiliklar