10 Dekabr 2024, 13:38 Oʻzbekiston

Umar Kremlyov o‘zbekistonlik Olimpiada chempionlariga 100 ming dollardan tarqatdi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi prezidenti Olimpiada chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik bokschilarni 100 ming dollar pul mukofoti bilan siyladi.

Umar Kremlyov o‘zbekistonlik Olimpiada chempionlariga 100 ming dollardan tarqatdi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) rahbari Umar Kremlyov Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan tashkilot tadbirlari doirasida o‘zbekistonlik Olimpiada chempioni bo‘lgan bokschilarni 100 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirladi.

Mukofot olganlar orasida o‘zbekistonlik bokschilar Hasanboy Do‘stmatov, Bahodir Jalolov, Lazizbek Mullojonov, Abdumalik Halokov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevlar bor.

Avvalroq IBA rahbari Shahobiddin Zoirov ishtirokida jangning 5-raundigacha nokaut orqali g‘olib bo‘lgan bokschi 1 mln dollarlik mukofot puliga ega bo‘lishini xabar qilgan edi. Ushbu jang to‘liq o‘tkazildi va sovringa hech kim ega chiqmadi.

Ma’lumot uchun, Kremlyov Olimpiada g‘oliblariga 100 ming AQSH dollari (50 ming sportchining o‘ziga, 25 ming murabbiyiga, 25 ming mamlakat boks federatsiyasiga), kumush medal egalari 50 ming hamda bronza medali uchun 25 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti berilishini ma’lum qilgan edi.

Mashhur yangiliklar