Uchtepa tumani hokimi lavozimidan ozod etildi
Toshkent shahri Uchtepa tumani hokimi Farxod Abdullayev boshqa ishga oʻtganligi sababli lavozimidan ozod etildi. U 2019-yil may oyidan beri ushbu lavozimda ishlab kelayotgandi.
Farxod Abdullayev Uchtepa tumani hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimining qarori qabul qilindi.
Tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarib turish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Jamshid Alimjonov zimmasiga yuklatilgan. Farxod Abdullayev “Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati” AJ raisi etib tayinlangan.
Davlat rahbari joriy yil 29-aprel kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda sanoat uchun muhim minerallar masalasiga alohida eʼtibor qaratgan edi. Shundan soʻng, bu yoʻnalishga ixtisoslashgan “Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati” AJ tashkil etilgandi.
Farxod Abdullayev 2019-yil may oyidan buyon Uchtepaga hokimlik qilib kelayotgandi. Bungacha u 2011−2018-yillarda “Oʻzikkilamchiranglimetall” korxonasiga rahbarlik qilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatining bir qator tumanlariga hokimlar tasdiqlandi Ulugʻbek Qosimov ham Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi Shuhrat Abdurahmonov Andijon hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi Buxoro, Farg‘ona va Qashqadaryoga hokimlar tasdiqlandi Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi