O‘zbekiston

Turkiyadan migratsiya siyosatini buzgan 50 nafar o‘zbekistonlik qaytarildi

Ayollarga vatanga qaytish uchun chiptalar olib berildi va barcha kerakli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Migratsiya qoidalarini buzgani uchun qo‘lga olingan 50 nafar ayol Turkiya davlatidan O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar deportatsiya qilinganlarni vaqtincha saqlash markazlarida bo‘lgan. Ulardan 28 nafarining yonida hujjatlari bo‘lmagan. Mutaxassislar tomonidan barcha yurtdoshlarimizga vatanga qaytish uchun guvohnomalar rasmiylashtirildi, shuningdek, ularga Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan aviachiptalar sotib olindi.

Qayd etilishicha, ayollar O‘zbekiston delegatsiyasi va Turkiya Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng ortga qaytarilgan. Agentlik xorijga chiqayotgan fuqarolarni borgan mamlakat qonunlariga rioya qilishga va ishga joylashishni faqat rasmiy yo‘llar bilan rasmiylashtirishga chaqirgan. Shuningdek, mutaxassislar yaqin kelajakda Turkiyada maqomni qonuniylashtirish bo‘yicha bosqichma-bosqich ko‘rsatmalarni e’lon qilishga va’da berishdi.

Avvalroq diplomatlar Turkiyadagi diniy maktabda zo‘ravonlik qurbonlari orasidan o‘zbekistonliklarni qidirayotgani haqida xabar berilgandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 24 nafar o‘smir qurbonga aylangan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная