Turkiyada 6 nafar o‘zbekistonlik ayol 18 kg oltin quymalari bilan ushlandi
Turkiya aeroportida 18 kg oltin quymalarini noqonuniy olib o‘tishga uringan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi.
Turkiyaning Izmir shahridagi aeroportda oltin quymalarini noqonuniy olib o‘tishga uringan 6 nafar o‘zbekistonlik ayol ushlandi. Bu haqda Turkiyaning IHA agentligi xabar berdi.
Kontrabandaga qarshi kurash boshqarmasi ayollarning oltin olib kirishga urinishi haqida oldindan ma’lumotga ega bo‘lgan. 2-oktyabr kuni aeroportdan chiqishda ular qo‘lga olingan. Shuningdek, ularni kutib olishga mashinada kelgan erkak ham ushlangan.
Avtomobil va ayollarni ko‘zdan kechirish chog‘ida har biri 110 grammlik 82 dona oltin quymalari, 18 dona o‘yin pristavkalari (Playstation), shuningdek, 3 dona smartfon topilgan.
Sud qarori bilan qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazilganida esa ayollar jinsiy azosida 84 dona oltin quymalari yashirilgani aniqlangan. Jarrohlik yo‘li bilan chiqarib olingan oltin quymalarining umumiy og‘irligi 9,2 kilogrammni tashkil etgan.
Ulardan olib qo‘yilgan oltin quymalarining jami og‘irligi 18 kilogramm 500 grammni tashkil etib, qiymati 55 million turk lirasi (yoki 1,5 million dollar)ga baholanmoqda.
Qo‘lga olinganlarning barchasi Izmir sudi tomonidan hibsga olingan.
Мавзуга оид хабарлар:
“Milton” to‘foni sabab AQSHdagi o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi Turkiyada hujjat va pullarini o‘g‘irlatgan 74 yoshli ayol O‘zbekistonga qaytarildi Ikki oyda xorijda qarovsiz qolgan 34 bola O‘zbekistonga qaytarildi Turkiyada qarovsiz qolib ketgan 3 bola Vatanga qaytarildi Rossiyada qarovsiz qolgan 8 oylik goʻdak Oʻzbekistonga qaytarildi