Toshkentning har bir tumanida havo ifloslanishini monitoring qilish stansiyalari o‘rnatiladi
Bitta qurilma uchun ikki kvadrat metr maydon kerak bo‘ladi.

Toshkentda havo ifloslanishini monitoring qilish uchun 29 ta avtomatik stansiya o‘rnatiladi, deya xabar berdi poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov.
Hujjatga ko‘ra, poytaxt Ekologiya boshqarmasiga atmosfera havosi ifloslanishini fon monitoringi uchun stansiyalar o‘rnatishga ruxsat berildi. Ular barcha 12 ta tumanda 2 kvadrat metr maydonga o‘rnatiladi. Qurilmalar quyidagi joylarda o‘rnatiladi:
- Olmazor tumani, Jomiy ko‘chasi;
- Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi;
- Bektemir tumani, Husayn Boyqaro ko‘chasi;
- Bektemir tumani, Jamil Toshkandiy ko‘chasi;
- Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi;
- Mirobod tumani, Temiryo‘lchilar ko‘chasi;
- Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi;
- Mirzo Ulug‘bek tumani, Xuroson ko‘chasi;
- Sergeli tumani, So‘g‘diyona ko‘chasi;
- Sergeli tumani, Qumariq ko‘chasi;
- Uchtepa tumani, Farhod ko‘chasi;
- Uchtepa tumani, Bog‘bon ko‘chasi;
- Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi;
- Yashnobod tumani, Pahlavon Mahmud ko‘chasi;
- Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi;
- Chilonzor tumani, Bunyodkor shohko‘chasi;
- Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi;
- Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi;
- Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi;
- Shayxontohur tumani, Mannon Uyg‘ur ko‘chasi;
- Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi;
- Yunusobod tumani, Yuqori Qoraqamish ko‘chasi;
- Yunusobod tumani, Chinobod ko‘chasi;
- Yakkasaroy tumani, “Rakat” mahallasi;
- Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi;
- Yakkasaroy tumani, Shohjahon ko‘chasi;
- Yangihayot tumani, Yo‘ldosh ko‘chasi;
- Yangihayot tumani, “Chortoq” mahallasi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Xitoyning havo tozalagichlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Maxsus sanoat zonasiga XXRdan hamkorlar jalb qilinadi.
Izohlar