Toshkentning bir tumanida gaz sizib chiqishi oqibatida o‘nlab ko‘p qavatli uylar gazsiz qoldi — manzillar
Gaz ta’minotining avariya brigadasi ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.

Toshkent ko‘chalaridan birida gaz sizib chiqishi aniqlandi, buning oqibatida o‘nlab ko‘p qavatli uylar gaz ta’minotisiz qoldi, deb xabar bermoqda “Hududgazta’minot” axborot xizmati.
Hodisa Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida sodir bo‘lgan. O‘rta bosimli yer osti gaz quvurida gaz sizib chiqishi aniqlanib, tumandagi 25 ta ko‘p qavatli uy gaz ta’minotisiz qoldi. Hozirda gaz ta’minoti avariya brigadasi ta’mirlash ishlarini olib bormoqda. Ta’mirlash ishlari yakunlangach, gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘istondagi quduqlardan birida gaz sizib chiqishi oradan bir oy o‘tib bartaraf etilgandi. Quduqni yopish ishlariga yordam bergan yuzlab ishchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Gaz favvorasini bartaraf etish uchun kecha-yu kunduz ishlaydigan tezkor shtab tashkil etildi.
Izohlar