O‘zbekiston

Toshkentliklar isitish va issiq suv ko‘rsatkichlarini alohida bilib olishi mumkin bo‘ladi

Yangi funksiya Veolia Energy Tashkent shaxsiy kabinetida joriy etildi.

Veolia Energy shaxsiy kabinetida yangi hisob-kitob funksiyasi joriy etildi, endi ular ikki turdagi xizmatlarga — isitish va issiq suv ta’minotiga bo‘linadi.

“Rasshifrovka” bo‘limida bundan buyon hisob-kitob qaysi xizmat bo‘yicha shakllantirilganligi ko‘rsatiladi — isitish bo‘yicha yoki IST bo‘yicha. Hisoblash summasi har bir xizmat uchun alohida ko‘rsatiladi.

Joriy hisob-kitoblarni ko‘rish uchun cabinet.veoliaenergy.uz havolasi orqali shaxsiy kabinetga kirib, “Hisob-kitoblar” bo‘limi va kerakli davrni tanlab, “Rasshifrovka” tugmasini bosish kerak.

Xatolikni tuzatish yoki xizmatni yaxshilash bo‘yicha takliflarni yuborish uchun kompaniya vakillari bilan rasmiy Telegram-kanal, elektron pochta (info@veoliaenergy.uz) yoki tuman issiqlik ta’minoti bo‘limi orqali bog‘lanish mumkin.

Avvalroq Kengash Toshkentda issiq suv va issiqlik narxini oshirishni ma’qullagani haqida xabar berilgandi. Hujjat shahar hokimining imzosini kutmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная