O‘zbekiston

Toshkentga Xitoydan mobil podstansiyalar yetkazib beriladi

Ulardan poytaxt elektr tarmoqlarini ta’mirlash va modernizatsiya qilishda foydalaniladi.

O‘zbekiston va Xitoy energetika tizimlari, mobil podstansiyalar va gidroakkumulyatsiya generatsiyasi texnologiyalari sohasidagi loyihalar to‘g‘risida kelishib oldi, deb xabar berdi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida.

Vazirning ta’kidlashicha, Xitoy O‘zbekistonning energetika sohasidagi “ham investitsiyaviy, ham texnologik jihatdan eng yirik hamkori” bo‘lib qolmoqda. Energetika vazirligi rahbari Toshkent viloyatida gidroakkumulyatsiya generatsiyasi sohasidagi yangi loyihani taqdim etdi. Tayyorgarlik ishlari yil oxirigacha yakunlanadi.

Gap litiy-ionli batareyalarda energiyani saqlash tizimidan foydalanadigan texnologiya haqida bormoqda: gidroelektrostansiyalardan yetkazib beriladigan suv yana suv omboriga yig‘iladi va kerak bo‘lganda — tig‘iz soatlarda — elektr energiyasini qayta ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Bu elektr energiyasini uzoq muddat davomida barqaror yetkazib berish imkonini beradi.

Bu yo‘nalishda allaqachon kelishuvlarga erishilgan bo‘lib, ushbu yangi loyiha ilk bor aynan O‘zbekiston hududida amalga oshiriladi. Boshqa yo‘nalishlar qatorida u Energy China bilan birgalikda yangi elektr tarmoqlarini qurish va ularni sheriklik shartlari asosida uzoq muddatli foydalanishga topshirishni tilga oldi.

Vazir Xitoy kompaniyasi bilan Toshkentdagi tarmoqlarni ta’mirlash va modernizatsiya qilish davrida foydalaniladigan mobil podstansiyalarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Gap prezidentning shahar elektr ta’minotini barqarorlashtirish bo‘yicha topshiriqlarini amalga oshirish haqida ketmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная