26 Sentabr 2024, 09:38 Oʻzbekiston

Toshkentdan Equinox olib qochgan shaxslar qoʻlga olindi

Toshkent shahridan olib qochilgan mashina Qamchiq dovonida ushlandi.

Toshkentdan Equinox olib qochgan shaxslar qoʻlga olindi

Toshkent shahridan olib qochilgan Equinox mashinasi Qamchiq dovonida YPX xodimlari tomonidan ushlangan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Maʻlum qilinishicha, bugun, 2024-yil 25 sentabr kuni fuqaro Gʻ.O. oʻz boshqaruvida boʻlgan Equinox mashinasi qoldirilgan joyida yoʻqligi yuzasidan “102” tizimiga xabar bergan.

Kelib tushgan xabar boʻyicha IIV JXD YHXX Navbatchilik qismi tomonidan “Toʻsib ushlash” rejasi eʻlon qilingan.

IIV JXD YHXX Qamchiq dovoni boʻyicha YPX otryadi xodimlari tomonidan koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida Equinox va uni olib qochgan shaxs, 34 yoshli Z.M. Namangan YPX maskanida ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, transport vositasi hamda uni olib qochgan shaxs va uning yoʻlovchisi Toshkent shahar, Mirobod tumani IIO FMB xodimlariga topshirilgan.

Mashhur yangiliklar