Toshkentdagi xususiy maktabda ikki oʻqituvchi 9-sinf oʻquvchisini kaltakladi
Holatga huquqiy baho berish uchun ish materiallari Jinoyat ishlari boʻyicha Olmazor tumani sudiga yuborilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar oʻqituvchi 9-sinf oʻquvchisini kaltaklagani tasvirlangan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, videolarda tasvirlangan voqea Toshkent shahri Olmazor tumanidagi xususiy maktabda sodir boʻlgan. Hozirda holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan
Tuman IIO FMB tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, mazkur xususiy maktabning 9-sinf oʻquvchisi Gʻ.J. (2008-yilda tugʻilgan)ga maktab oʻqituvchilari A.F. va N.M. tomonidan jismoniy kuch ishlatilgan. Tayinlangan sud tibbiy ekspertiza xulosasiga koʻra, Gʻ.J. ga yengil tan jarohati yetkazilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan A.F. va N.M. larning xatti-harakatlariga qonuniy chora koʻrish uchun mazkur ish materiallari Jinoyat ishlari boʻyicha Olmazor tumani sudiga yuborildi, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, Bolalar ombudsmani oʻz vakolatlari doirasida mazkur ish yuzasidan kuzatuvini davom ettiradi.
Мавзуга оид хабарлар:
Nodavlat bog‘chalar va maktablar barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi