19 Sentabr 2024, 13:54 Oʻzbekiston

Toshkentdagi xonadonlardan birida yongʻin chiqdi

Ayni vaqtda hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Toshkentdagi xonadonlardan birida yongʻin chiqdi

Toshkent shahar Uchtepa tumanida xonadonlardan birida yongʻin sodir boʻldi. FVB holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, kecha, 18-sentyabr kuni soat 15:09 da Toshkent shahri Uchtepa tumani Taqachi koʻchasida joylashgan shaxsiy xonadonda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida poytaxt FVBga xabar kelib tushgan.

Yongʻin qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 15:14 da yetib borgan, soat 15:42 da yongʻin qurshab olinib, soat 15:50 da oʻchirilgan.

Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yoʻq. Ayni vaqtda hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar