15 Avgust 2024, 14:23 Oʻzbekiston

Toshkentdagi ko‘chalardan birida yong‘in bo‘ldi

Yashnobod tumanidagi ochiq maydonda chiqindi va shox-shabba yonib ketdi.

Toshkentdagi ko‘chalardan birida yong‘in bo‘ldi

Bugun, 15 avgust kuni Toshkent shahridagi ko‘chalardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat 12:16 da Toshkent shahar, Yashnobod tumani, “O‘rta-Masjid” mahallasida sodir bo‘lgan. Hududlarning birida ochiq maydonda chiqindi va shox-shabba yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:23 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:08 da yong‘in o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Mashhur yangiliklar