Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi
Mehmonxonani xususiylashtirish jarayoni joriy yilning may oyida boshlangandi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi International (Inter Hotel) mehmonxonasi xususiylashtirilgani haqida xabar berdi.
Xususiylashtirish jarayonida Deloitte xalqaro konsalting kompaniyasi maslahatchi sifatida, Ernst & Young esa mustaqil baholash ishlarini amalga oshirish uchun jalb etildi.
Davaktiv ma’lumotlariga ko‘ra, obyektga oltita kompaniya qiziqish bildirgan, ammo ularning faqat uchtasi majburiy takliflarni taqdim etgan.
Savdolar g‘olibi 26 million dollar taklif qilgan Smart Fast Stroy kompaniyasi bo‘ldi. Xabarga ko‘ra, investor mehmonxonaning tegishli bank oldidagi 14,7 million yevro miqdoridagi kredit qarzdorligini ham o‘z zimmasiga oladi, shuningdek, 41 million dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirish majburiyatini olmoqda.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tasdiqlashicha, narx baholangan qiymatdan ancha yuqori bo‘lgan.
Mehmonxonani xususiylashtirish jarayoni joriy yilning may oyida boshlangandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chiriladi Toshkentdagi ovqatlanish shoxobchasida yongʻin yuz berdi Toshkentdagi GES yaqinidan suvda cho‘kkan erkakning jasadi topildi