22 Noyabr 2024, 08:17 Oʻzbekiston

Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi

Bu davr mobaynida harakat ishtirokchilaridan boshqa muqobil yoʻllardan foydalanishlarini tavsiya etilgan.

Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi

Toshkent shahridagi ikkita koʻchada harakat 19 kunga cheklanadi, deb xabar bermoqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari”.

Qayd etilishicha, poytaxtning Shayxontohur tumani isteʼmolchilarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlashni yaxshilash maqsadida Chilonzor tumanining Beshyogʻoch koʻchasi boʻylab 110 kilovattli yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini oʻtkazish ishlari davom etmoqda.

Mazkur ishlar maʼlum hududda yoʻl qoplamasini demontaj qilish ishlari olib borilishini taqozo qiladi. Shu sababli, joriy yilning 22-noyabr kuni soat 00:00 dan 10-dekabr kuniga qadar:

  • Furqat koʻchasining Beshyogʻoch maydonidan Seul koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan bir tomonlama yoʻnalishi;
  • Beshyogʻoch koʻchasining Furqat, Afrosiyob va Islom Karimov koʻchalari kesishmalari oraligʻidagi qismida ikki tomonlama yoʻnalish barcha harakat ishtirokchilari uchun cheklanadi.

Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz. Koʻrsatilgan davr mobaynida harakat ishtirokchilaridan boshqa muqobil yoʻllardan foydalanishlarini tavsiya etamiz, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar