5 Oktabr 2024, 13:42 Oʻzbekiston

Toshkentdagi Ibn Sino bozori binosi sotuvga qo‘yildi

Davaktiv agentligi Shayxontohur tumanidagi Ibn Sino bozori binosini sotuvga qo‘ydi.

Toshkentdagi Ibn Sino bozori binosi sotuvga qo‘yildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi Ibn Sino bozori noturar binosini kim oshdi savdosiga qo‘ydi. Bino sotuvi haqida E-auksion platformasida e’lon joylandi.

Xaridor obyekt negizida ishlab chiqilgan loyiha konsepsiyasi asosida “ekobozor”, savdo, xizmat ko‘rsatish va ko‘ngilochar markazlarni qurishi kerak. Binoning umumiy maydoni 0,45 gektarga teng bo‘lib, shundan 620,0 kv.m. joy qurilish osti maydoni hisoblanadi.

Spot`ning yozishicha, majmua yopiq pavilon, shuningdek tijorat joyi bo‘lgan ikki qavatli va bir qavatli ikkita binoni o‘z ichiga oladi. Unda barcha infratuzilma tizimi mavjud — gaz, elektr energiyasi, suv ta’minoti, kanalizatsiya.

obyekt Vazirlar Mahkamasining iyun oyidagi qaroriga binoan sotuvga chiqarilgan. Lotning boshlang‘ich narxi 28,03 mlrd so‘m. Arizalar 31-oktabr kuni soat 9:00 gacha qabul qilinadi va natijalar o‘sha kuni soat 10:00 da e’lon qilinadi.

Mashhur yangiliklar