Toshkentdagi GES yaqinidan suvda cho‘kkan erkakning jasadi topildi
Chilonzor tumanida GES yaqinidagi suvdan bedarak yo‘qolgan 24 yoshli erkakning jasadi topildi.
Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi 4-GES yaqinida erkak kishining jasadi topildi.
Bosh prokuraturaga ko‘ra, 12-noyabr kuni voqea guvohi 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, Chilonzor tumani Beshyog‘och mahallasidan oqib o‘tuvchi Anhor kanaliga erkak kishi cho‘kib ketgani haqida xabar bergan.
Tuman IIB tezkor-tergov guruhi va FVV xodimlari voqea joyiga borib, cho‘kib ketgan shaxsni qidirishga kirishgan. Tergovdan oldingi tekshiruv uchun materiallar to‘plangan.
Ertasi kuni, 13-noyabr kuni Uchtepa tumani ichki ishlar bo‘limiga bir ayol murojaat qilgan. U 2000-yilda tug‘ilgan o‘g‘li 11-noyabr soat 15:30 atrofida uydan chiqib ketib, g‘oyib bo‘lganini ma’lum qilgan va uni topishda yordam so‘ragan.
Chilonzor tumani IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, 20-noyabr kuni bedarak yo‘qolgan erkakning jasadi Beshyog‘och ko‘chasi, 4-GES hududidagi suvdan topilgan.
Tergovga qadar tekshiruv materiallari Uchtepa tuman prokuraturasiga topshirilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chiriladi Toshkentdagi ovqatlanish shoxobchasida yongʻin yuz berdi