Toshkentdagi dorixonada psixofaol dorilar retsepsiz sotilgani aniqlandi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Izboskan tumani bo‘limi, DXX, IIB va bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda «A.Navoiy» MFY hududida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro I.Sh. va boshqalarning avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda mashina salonida 231 dona “Tropikamid” nomli inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotish maqsadida olib kelgani aniqlanib, dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Zarbdor tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda A-376 avtomagistral yo‘lining “Jizzax-Zarbdor” yo‘nalishida harakatlanib kelgan fuqaro E.R.ning boshqaruvidagi avtomashina to‘xtatib ko‘zdan kechirilganda, Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahridagi A.Z. MChJga qarashli dorixona sotuvchisi I.S. fuqaro M.X.ga sotish uchun yuborgan 20 quti kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Departamentning Yunusobod va Yakkasaroy tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda N.Ph. va L.L. MChJga qarashli dorixona sotuvchilari kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini retsepsiz sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonalardan sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan jami 23 quti Benzonal va “Tizersin” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘onada “Xalq banki” mansabdorlari yordam va nafaqa pullarini o‘zlashtirgani aniqlandi Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi Uch hududda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi Toshkentda uka o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun uyda saqladi Toshkentda yoʻlovchi avtobusi daraxtga borib urildi
Soʻnggi yangiliklar







