12 Avgust 2024, 12:43 •Oʻzbekiston
Toshkentdagi bino fasadidan marmarlar ko‘chib, Gentra’ning oynalarini sindirdi
Alisher Navoiy ko‘chasidagi ko‘p qavatli turar joy binosi fasadidagi marmarlar ko‘chib, aholiga xavf tug‘dirayotgani aytilmoqda.
Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Alisher Navoiy ko‘chasidagi 37-ko‘p qavatli uyning fasad qismidagi marmar ko‘chib, fuqarolardan birining Gentra avtomobili oynalarini sindirdi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bu birinchi holat emas. Atrofdagi boshqa binoda ham marmarlar tez-tez ko‘chib tushayotgani aytilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, binoning pastki qavatlarida o‘quv markazlari mavjud.
Sentyabr oyidan abituriyentlar bu yerda gavjum bo‘ladi. Bu masalani tegishli mas’ullarga yetkazishda yordam bering. Marmarlar tushib, kimningdir boshini yemasin, deyiladi murojaatda.
Aholi bu masalaga mas’ullarni e’tibor qaratishga chaqirgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chiriladi
Soʻnggi yangiliklar
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi
23 Noyabr 2024, 12:33Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi
23 Noyabr 2024, 11:48Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi
23 Noyabr 2024, 11:06“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi
23 Noyabr 2024, 10:02Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
23 Noyabr 2024, 09:11“Toshshahartransxizmat”ga yangi rais tayinlandi
23 Noyabr 2024, 08:2723-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
23 Noyabr 2024, 07:24