Toshkentda yuzbergan YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
Toshkentda Lacetti’ning beton ustunga urilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Yana 3 nafar yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Joriy yilning 25 iyul kuni soat 00:30 larda Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasi 38-uy qarshisida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 2005 yilda tug‘ilgan A.K. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton ustunga to‘qnashgan.
YTH oqibatida haydovchi va yo‘lovchisi, 2006 yilda tug‘ilgan X.X. olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan.
Shuningdek, avtomashina ichida bo‘lgan yana 3 nafar yo‘lovchilar: 2006 yilda tug‘ilgan A.I., 2005 yilda tug‘ilgan Z.I. va 2005 yilda tug‘ilgan D.K. turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chiriladi