Toshkentda Yangi yil bayrami tadbirlari bo‘lib o‘tadigan manzillar elon qilindi
Asosiy archa Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining old maydonida tashkil qilinadi.
Yangi yil arafasida va undan keyin poytaxtning har bir tumanidagi maydon hamda bog‘larda archalar o‘rnatiladi, deya xabar bermoqda Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati.
Asosiy archa Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining old maydonida tashkil qilinadi. U 25-dekabr — 10-yanvar kunlari soat 11:00 dan 23:00 gacha tashrif buyuruvchilarni qabul qiladi.
Bayram tadbirlari, shuningdek, 25-dekabr 10-yanvar kunlari quyidagi manzillarda bo‘lib o‘tadi:
Bektemir tumani: Food city majmuasi, soat 13:00—19:00;
Mirobod tumani: “Furqat” bog‘i, soat 13:00—19:00;
Mirzo Ulug‘bek tumani: tuman markaziy bog‘i, soat 11:00—22:00;
Sergeli tumani: tuman markaziy hiyoboni, soat 13:00—19:00;
Olmazor tumani: Talabalar shaharchasi, soat 13:00—19:00;
Shayxontohur tumani:
- Anhor lokomotiv bog‘i, soat 11:00—22:00;
- Tashkent sity bog‘i, soat 11:00—22:00;
Uchtepa tumani: Seul eko-bog‘i, soat 13:00—19:00;
Chilonzor tumani: “G‘ofur G‘ulom” nomidagi istirohat bog‘i, soat 11:00—22:00;
- Humo arena muz saroyi old maydoni, soat 11:00—22:00;
- Magic city bog‘i, soat 11:00—22:00;
Yakkasaroy tumani: Next savdo majmuasi, soat 13:00—19:00;
Yashnobod tumani: “Ashhobod” sayilgohi, soat 11:00—20:00;
Yangihayot tumani: “Mehrigiyo” 24/7 savdo va xizmat ko‘rsatish ko‘chasi maydoni, soat 13:00—19:00.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda bayram munosabati bilan ayrim koʻchalar yopildi Yangi yil bayramida dam olish kunlari belgilandi Qishki taʼtilda qoʻshimcha poyezd qatnovlari va vagonlar qoʻshilmoqda Yirik savdo tarmoqlariga narxlarni nazorat qilib borish topshirildi Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklandi