25 Dekabr 2024, 08:18 •Oʻzbekiston
Yangi yil bayramida dam olish kunlari belgilandi
Prezident qarori bilan oʻzbekistonliklar bayram kuni ketma-ket 6 kun dam oladi.

“Yangi yil bayramini nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori [452-son, 24.12.2024-y.] qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.
Qarorga koʻra, 2025-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – payshanba kuniga koʻchirildi hamda 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar – payshanba qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilandi.
Yangi yil bayrami arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:
- 28-dekabr (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni);
- 29-dekabr (yakshanba) — umumiy dam olish kuni;
- 30-dekabr (dushanba) — qoʻshimcha dam olish kuni;
- 31-dekabr (seshanba) — qoʻshimcha dam olish kuni;
- 1-yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami;
- 2-yanvar (payshanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni.
Мавзуга оид хабарлар:
Navoiy viloyatida 2025-yil “Alisher Navoiy yili” deb nomlandi Oʻzbekistonda injenerlik maktablari tashkil etiladi Ayrim fuqarolar o‘zi ekkan har 100 ta daraxti uchun subsidiya oladi Oʻzbekistonda aholi daromadini oshirish bo‘yicha yangi yondashuvlar joriy qilinadi O‘zbekistonda kambag‘al oilalar a’zolarini kasbga o‘qitish bo‘yicha vaucher tizimi joriy etiladi
Soʻnggi yangiliklar

Raqobat qo‘mitasi “Aloqabank”ni jarimaga tortdi
18 Fevral 2025, 12:35
O‘zbekistonda bir yilda 848 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi
18 Fevral 2025, 11:58
Toshkentda Lacetti va Malibu-2 o‘zaro to‘qnashdi
18 Fevral 2025, 11:23
Qozogʻistondagi konda shaxta quladi, qurbonlar bor
18 Fevral 2025, 10:48
Buxoroda 1800 dan ortiq ko‘p yillik daraxt ko‘chirilmoqda
18 Fevral 2025, 10:15
Chilonzor tumanida “Tashvish” tugmalari o‘rnatildi
18 Fevral 2025, 09:40
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
18 Fevral 2025, 08:53
O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasiga rahbarlar saylandi
18 Fevral 2025, 08:17