20 Iyul 2024, 18:53 Oʻzbekiston

Toshkentda yangi qurilayotgan binolarning birida yong‘in yuz berdi

Yashnobod tumani Katta Olmos ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan binolarning birida yong‘in chiqdi. Hozirda voqeaning sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Toshkentda yangi qurilayotgan binolarning birida yong‘in yuz berdi

Toshkent shahar Yashnobod tumanida yangi qurilayotgan binolarning birida yong‘in chiqdi. Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 20-iyul kuni soat 13:33 da Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Katta Olmos ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan binolarning birida yong‘in chiqqani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 13:42 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:57 da o‘chirilgan. Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida binoning birinchi qavatidagi qurilish mollari yongan.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Mashhur yangiliklar