Toshkentda Xitoy fuqarosining plastik kartasidan 110 mln so‘m o‘g‘irlandi
Toshkent shahrida o‘zganing plastik kartasidan 110 mln so‘m o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi.
Toshkent shahrida vaqtincha yashovchi Xitoy fuqarosi 29 yoshli N.Sh. ichki ishlar organiga murojaat qilib, bank plastik kartasidan qariyb 110 mln so‘m puli nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi X.R. sodir etganligi aniqlangan.
Unga ko‘ra, gumonlanuvchi X.R. jabrlanuvchi N.Sh. bilan telefon orqali tanishib, unga Click’dan qo‘ng‘iroq qilayotgani, bank plastik kartasiga kiberhujum bo‘layotganini aytib, jabrlanuvchini aldab, bank plastik kartasi maʼlumotlarini qo‘lga kiritgan. Kartadagi 110 so‘m 055 ming 922 so‘mni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan X.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Fransiyada 7 million yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi O‘zbekistonlik erkak Rossiyada odam o‘g‘irlab, pul talab qilishda ayblanmoqda Toshkentda 3 ta MChJning 951 mln so‘m pulini o‘zlashtirgan sobiq bosh hisobchi Toshkentda elektrosamokat o‘g‘irlagan 19 yoshli yigit ushlandi