Toshkentda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi vakolatxonasi ish boshladi
Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining (IUCN) Toshkent shahridagi vakolatxonasi o‘z ishini boshladi.
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tkazilayotgan COP16 konferensiyasi doirasida Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining (IUCN) Toshkent shahrida vakolatxonasini tashkil etish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Hujjatni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va IUCN bosh direktori Gretel Agilar imzoladi.
Ittifoq ofisi 2024-yilning fevral oyida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)da ochilgan bo‘lib, bugun imzolangan bitim IUCN`ning mamlakatdagi faoliyati uchun huquqiy asos hisoblanadi hamda davlat organlari bilan hamkorligini ta’minlaydi.
Ekologik muammolar chegara bilmaydi, bu esa kuchlarni birlashtirish va transchegaraviy hamkorlik muhim ekanligini anglatadi. IUCN`ning Toshkentdagi vakolatxonasi nafaqat O‘zbekistonga, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasiga xizmat qilib, tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish sohasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishidan mamnunmiz, dedi Aziz Abduhakimov.
Gretel Agilar IUCN`ning mintaqaning noyob biologik xilma-xilligi va qimmatli tabiiy resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha sa’y-harakatlariga yanada salmoqli hissa qo‘shish imkoniyatini taqdim etgani uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdagi ikki maktabda virusli gepatit bilan kasallanish holatlari aniqlandi Poytaxtning ikki tumani vaqtincha “svet”siz qoladi Toshkent — Xo‘jakent yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd qo‘yildi Toshkentda qariyb 25 ming quti pirotexnika buyumlarini uyida saqlayotgan shaxs ushlandi O‘zbekistonda 10 oyda 110 trln so‘mdan ziyod transport xizmatlari ko‘rsatilgan