7 Avgust 2024, 08:50 Oʻzbekiston

Toshkentda “valyutchik”lar qo‘lga olindi

Chilonzor tumanida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi.

Toshkentda “valyutchik”lar qo‘lga olindi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxsdan 239 ming 356 dollar va 482 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.A. (muqaddam sudlangan) o‘z uyida navbatdagi mijoz I.A.ga 5 502 dollarni 69,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, undan valyuta qimmatliklarini olish va o‘tkazishda foydalanib kelingan jami 239 ming 356 dollar va 482 mln so‘m pul ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar