6 Avgust 2024, 18:53 Oʻzbekiston

Toshkentda til sertifikati olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

U ikki nafar fuqaroga tanishlari yordamida “CEFR B1” sertifikatini olib berishini aytib, evaziga 2,5 ming dollar so‘ragan.

Toshkentda til sertifikati olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrida “CEFR B1” sertifikatini olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, fuqaro S.Sh. fuqarolar F.N. va N.A.ga tanishlari yordamida 2 500 dollar evaziga “CEFR B1” sertifikatlarini olib berishini aytib, 1 500 dollar va 12,6 mln so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 221-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar