9 Oktabr 2024, 16:20 Oʻzbekiston

Toshkentda temiryo‘l xodimi poyezd bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Yangihayot tumanida temiryo‘l xodimini poyezd bosib ketdi. U voqea joyida vafot etgan.

Toshkentda temiryo‘l xodimi poyezd bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Toshkentning Yangihayot tumanida temiryo‘l xodimi poyezd bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Millar” dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, voqea 5-oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Temiryo‘lda konduktor lavozimida ishlovchi 1988-yilda tug‘ilgan erkak teplovozga yuk vagonlarini ulayotgan vaqtda ehtiyotsizligi oqibatida relsga yiqilib tushgan va ushbu baxtsiz hodisa yuz bergan.

Voqea joyiga tegishli mas’ullar va tez yordam chiqarilgan. Lekin ko‘rsatilgan birinchi yordamga qaramasdan xodim voqea joyida vafot etgan.

Mashhur yangiliklar