O‘zbekiston

Toshkentda ta’mirlash paytida bir nechta ko‘chalar yopiladi — xarita

Haydovchilardan muqobil yo‘nalishlardan foydalanish so‘raldi.

25-iyundan Toshkentning Yashnobod tumanidagi bir nechta ko‘chalar ta’mirlash ishlari vaqtida yopiladi, deb xabar bermoqda YHXX matbuot xizmati.

Qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan soat 00:00 dan Yashnobod tumani Ohangaron shohko‘chasining Temur Malik-Parkent-Maxtumquli aylanma chorrahasidan Ohangaron shohko‘chasining aylanma chorrahasigacha bo‘lgan qismi bo‘ylab transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Ishni bajarish muddati: 25-iyundan 1-iyulgacha.

“Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va haydovchilarga Bektemir shohko‘chasi, Farg‘ona shossesi, Maxtumquli ko‘chasi va Yangi O‘zbekiston ko‘chasi kabi muqobil yo‘nalishlardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Aholi jamoat transporti sifati va tirbandliklardan mutlaqo norozi — prezident. Shavkat Mirziyoyev tirbandliklarning oldini olishi kerak bo‘lgan yo‘llardagi kameralar faqat jarima uchun ishlatilayotganini qo‘shimcha qildi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная