25 Iyul 2024, 11:35 Oʻzbekiston

Toshkentda soxta havola orqali o‘zganing 10,3 mln so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxs aniqlandi

Toshkentda soxta havola yuborib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan 19 yoshli shaxs aniqlandi

Toshkentda soxta havola orqali o‘zganing 10,3 mln so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxs aniqlandi

Toshkent shahrida yashovchi 21 yoshli ayol T.B. ichki ishlarga murojaat qilib, bank kartasidan 10 mln 336 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari nomaʼlum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Tezkor-qidiruv xizmati kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi 19 yoshli A.B. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan A.B. Internet foydalanuvchilariga Telegram orqali turli xil mazmunidagi xabarni (havola) jo‘natib, ularni qiziqtirib, bank karta maʼlumotlarini qo‘lga kiritish orqali bank kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotgani maʼlum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mashhur yangiliklar