19 Oktabr 2024, 08:56 Oʻzbekiston

Toshkentda sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi jarohatlandi

Bektemir tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi va yo‘lovchi jarohatlandi.

Toshkentda sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi jarohatlandi

Toshkent shahri Bektemir tumani Husayn Boyqaro—Bektemir shoh ko‘chalari chorrahasida 18-oktyabr kuni soat 17:50 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, haydovchi 1979-yilda tug‘ilgan U.K. boshqaruvida bo‘lgan Spark avtomashinasi va haydovchi 2000-yilda tug‘ilgan M.S. boshqaruvida bo‘lgan Damas to‘qnashgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Damas avtomashinasi haydovchisi va yo‘lovchisiga birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar