Toshkentda shahar prokurori vazifasini bajaruvchi tayinlandi
Erkin Yo‘ldoshev Prezident Administratsiyasiga ishga o‘tgandi.

Toshkentda shahar prokurori vazifasini bajaruvchi tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuraturaning poytaxtdagi tungi reydlar haqidagi xabaridan ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 15-iyuldan 15-avgustga qadar poytaxtda jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashish oyligi e’lon qilingan. Shaharda jamoat tartibini ta’minlash, turar-joy massivlarida xavfsiz va barqaror muhit yaratish maqsadida tungi reydlar o‘tkazilmoqda. Unda Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi Anvar O‘rmonov va Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Ravshan Sultonxo‘jayev ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, Anvar Urmonov bungacha poytaxt prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, bunga qadar poytaxt prokurori lavozimida ishlab kelgan Erkin Yo‘ldoshev Prezident Administratsiyasi Komplayens xizmati rahbari lavozimiga tayinlangandi.
Izohlar