Toshkentda qariyb 44 ming dollarlik dorilar vositalari to‘xtatib qolindi
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan dori vositalari qalbakilashtirilgani qayd etildi.
Toshkent shahrida ikki fuqaro qalbaki dori vositalari sotishga urindi, deb xabar qildi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati.
Departament tomonidan DXX va Bojxona qo‘mitasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida A.A. va D.A. ushlangan. Ular fuqaro M.X.ga soxta sertifikatga ega bo‘lgan, 43,7 ming dollarlik jami 4000 quti “Xitofer-S” (temir moddasi) dori vositasini sotgan, deyiladi xabarda.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan dori vositalari qalbakilashtirilgani qayd etildi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186−3-moddasi (Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chiriladi Toshkentdagi ovqatlanish shoxobchasida yongʻin yuz berdi