2 Dekabr 2024, 10:15 Oʻzbekiston

Toshkentda qariyb 25 ming quti pirotexnika buyumlarini uyida saqlayotgan shaxs ushlandi

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Toshkentda qariyb 25 ming quti pirotexnika buyumlarini uyida saqlayotgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi xonadondan 658,6 mln so‘mlik pirotexnika buyumlari ashyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Chilonzor tumani, “Beshqo‘rg‘on” MFY hududida yashovchi M.K.ning (muqaddam sudlangan) xonadonidan yangi yil bayrami arafasida sotish maqsadida olib kelingan umumiy bahosi 658,6 mln so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 4 440 dona Creative Color Smoke nomli hamda 20 127 dona nomi yozilmagan pirotexnika buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar