Toshkentda qalbaki 9 ming dollarlarni sotayotganlar ushlandi
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Toshkent shahrida qalbaki 9 ming AQSh dollarlarini sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unda fuqarolar M.A, I.A. va boshqalar “Yangi Sergeli” koʻchasidagi savdo majmuasi avtoturargohida 100 dollarlik kupyuradagi jami 9 ming qalbaki dollarini fuqaro B.Z ga 5 ming dollariga sotgan vaqtida ushlanib, qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Taʼkidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi Andijonda giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlayotgan shaxslar ushlandi Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chiriladi