10 Sentabr 2024, 16:15 •Oʻzbekiston
Toshkentda poyezd urib ketgan 36 yoshli ayol vafot etdi
Ayol bir necha kun davomida shifoxonada bo‘lgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.
Toshkent shahridagi temiryo‘l hududida baxtsiz hodisa yuz berdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar qilindi.
Ma’lum qilinishicha, 1988 yilda tug‘ilgan ayolni poyezd urib ketgan. Poyezd ayolning orqa tomonidan kelib, uni urib yuborgan.
Joriy yilning 23 avgust kuni soat 02:00 larda Salar-Nurhayot temiryo‘l bekatlari oralig‘ida fuqaroni poyezd urib ketgani aniqlangan.
Voqea joyiga tez tibbiy yordam va ichki ishlar organlari xodimlari yetib borgan. Ayolga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib ketilgan.
Ayol shifoxonada jarrohlik amaliyotiga olingan. U bir necha kun davomida shifoxonada bo‘lgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan. Uning uch nafar farzandi bo‘lgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
22 Noyabr 2024, 19:14Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi
22 Noyabr 2024, 18:34Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
22 Noyabr 2024, 17:55Toshkentda nogironligi bo‘lganlar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi
22 Noyabr 2024, 17:19FIFA Abbosbek Fayzullayevni e’tirof etdi
22 Noyabr 2024, 16:42Dubayda dunyodagi eng katta oltin yombi namoyish etildi
22 Noyabr 2024, 16:02Qirg‘iziston ko‘mir eksportini yarim yilga chekladi
22 Noyabr 2024, 15:20Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi
22 Noyabr 2024, 14:48