Toshkentda o‘zganing nomiga kredit olib, pullarni o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
Toshkent shahrida o‘zganing nomiga 18 mln so‘m kredit olib, pullarni o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga olindi.
Toshkent shahrida yashovchi 36 yoshli O.S. ichki ishlar organiga ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum sabablarga ko‘ra uning nomiga 18 mln so‘m onlayn kredit rasmiylashtirilganligini va aybdor shaxsga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi M.A. sodir etgani aniqlandi.
Unga ko‘ra, gumonlanuvchi M.A. jabrlanuvchi O.S.ga soxta havola yuborish orqali shaxsiy maʼlumotlarini qo‘lga kiritib, uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan.
So‘ng uning nomidan 18 mln so‘m onlayn kredit rasmiylashtirib, o‘sha vaqtning o‘zida mazkur pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan.
Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chiriladi