Toshkentda o‘g‘il mast otasini pichoqlab o‘ldirdi
Uchtepa tumanida 22 yoshli yigit ruhiy hayajon holatida mast otasini pichoqlab qo‘ydi.
Toshkent shahrida otasi tomonidan do‘pposlangan o‘g‘il ruhiy hayajon holatida oshxona pichog‘i bilan otasini pichoqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holat kecha, 13 dekabr kuni Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan. Chilonzor 11-mavzesida yashagan, 1974 yilda tug‘ilgan erkak mast holatda uyiga kelib, 2002 yilda tug‘ilgan o‘g‘li bilan tortishib, hech bir sababsiz uni urib, do‘pposlagan.
Shu vaqtda o‘g‘li ruhiy hayajon holatida oshxona pichog‘i bilan otasining qorin qismiga bir marotaba tan jarohat yetkazgan. Ota olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda avtobusda yo‘l haqini naqd pulda toʻlashga uringanlar jarimaga tortiladi Toshkentda dori savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi Toshkentda fuqaro hojatxona uchun qazilgan chuqurlikka tushib ketdi Toshkentdagi uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi Toshkentda bloger mototsiklda 310 km/soat tezlikda harakatlandi