Bir fuqaroga ajratiladigan bank kartalari soniga cheklov kiritildi
Mazkur talab virtual va kobeyjing kartalarni ham o‘z ichiga oladi.
2024-yilning noyabr oyi oxirida Markaziy bank bitta foydalanuvchiga rasmiylashtiriladigan bank kartalari sonini cheklashni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.
Regulyator tomonidan bir jismoniy shaxsga emissiya qilinadigan kartalar sonini bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda 20 tagacha cheklash bo‘yicha vaqtinchalik tartib ishlab chiqilgan.
Mazkur tartib 2025-yilning 1-yanvaridan kuchga kirgan bo‘lib, u joriy yilning 31-dekabrigacha amal qiladi.
Manbaga ko‘ra, ushbu tartib fuqarolar xavfsizligini hisobga olgan holda, firibgarlarga aldanmaslik uchun joriy etilgan.
Endilikda banklar tomonidan bir fuqaroga (bitta JSHSHIRga) emissiya qilinadigan kartalar soni bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda esa 20 tagacha cheklanadi.
Bunda mazkur talab virtual va kobeyjing kartalarni ham o‘z ichiga oladi.