Toshkentda MIB xodimiga pichoq bilan tahdid qilingani aytildi
Byuro matbuot xizmati mazkur xabarlar yuzasidan izoh berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 9-avgust kuni Olmazor tumanida ayrim fuqarolarning MIB xodimiga pichoq bilan tahdid qilganligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan MIB matbuot xizmati maʼlumot berdi.
O‘rganish ishlarida maʼlum bo‘lishicha, videodagi holat 6-avgust kuni Olmazor tumani “Shodiyona” MFY, Muxbir ko‘chasida sodir bo‘lgan.
18-iyul kuni byuroning davlat ijrochilari sud qaroriga muvofiq fuqarolar M.B., S.I., va I.M.larni xonadondan boshqa turar joy bermagan holda majburiy tartibda ko‘chirish bo‘yicha majburiy ijro harakatlarini olib borgan hamda undiruvchi tomonlar xonadonga kiritilgan.
Qarzdorlar o‘zlariga tegishli mol-mulklarni olib ketmaganligi sababli xonadon ichidagi mol-mulk vaqtincha saqlash uchun undiruvchining vakiliga tilxat asosida topshirilgan.
Shundan so‘ng 6-avgust kuni mahalla raisi, IIB profilaktika inspektori va taraflar ishtirokida mol-mulklarni qarzdorlarga olib berish jarayonida, qarzdor S.I va undiruvchining vakili N.E. o‘rtasida janjal kelib chiqqan.
S.I. kanselyariya pichog‘i bilan N.E. ga tashlangan vaqtida profilaktika inspektori, davlat ijrochisi va mahalla faollari ularni ajratgan.
Ushbu holatda biror-bir shaxslarga tan jarohati yetkazilmagan va tuman IIB xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda chiqarilgan videotasvirda “MIB xodimiga pichoq bilan tashlandi” sarlavhali xabarlar asosga ega emas, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chiriladi