21 Noyabr 2024, 19:25 Oʻzbekiston

Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi

Isitish quvuridagi avariya sabab poytaxtning 5 ta tumanida issiqlik ta’minoti qisman o‘chirildi.

Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi

Toshkent shahar issiqlik taʻminoti operatori Veolia Energy Tashkent poytaxtdagi isitish quvurida avariya yuz berganini maʻlum qildi.

Qayd etilishicha, isitish quvurida avariya holati yuzaga kelgani sababli (issiq suv taʻminotini cheklamagan holda) issiqlik taʻminoti quyidagi manzillarda vaqtinchalik toʻxtatildi:

  • Mirobod tumani — Nukus, Taras Shevchenko, Oybek, Gospital,
  • Amir Temur, Shahrisabz, Buxoro, Sodiq Azimov, Said Baraka koʻchalari;
  • Mirzo Ulugʻbek tumani — Ts-1, Ts-2 massivlari;
  • Yunusobod tumani — massiv Ts-2 va Yahyo Gʻulomov koʻchasi;
  • Yakkasaroy tumani — Nukus va Kichik Beshyogʻoch koʻchalari;
  • Yashnobod tumani — Sodiq Azimov, Istiqlol, Istiqbol, Toʻytepa, Maxtumquli, Elbek koʻchalari.

“Quvurdagi muammoni bartaraf etish maqsadida tezkor avariyaviy-tiklov ishlari olib borilmoqda. Veolia Energy Tashkent MChJ kompaniyasi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraydi va ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash boʻyicha zarur choralarni koʻradi”, — deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar