Toshkentda havo hali ham zararli
Poytaxt dunyoning eng ifloslangan shaharlari reytingida 8-o‘rinni egalladi.

18-oktyabr kuni PM2.5 mayda dispers zarrachalarining miqdori 49,5 mkg/m³ ni tashkil etdi, bu JSST tavsiya etgan qiymatdan deyarli 10 baravar yuqori, deyiladi IQAir ma’lumotida.
Toshkent shahri havosida ifloslantiruvchi ozon va PM10 miqdori ruxsat etilgan me’yordan oshmadi. Shu bilan birga, PM2.5 xavfli zarrachalarining konsentratsiyasi JSST me’yoridan deyarli 10 baravar oshdi.
Havo sifati zaif guruhlar uchun zararli deb baholanmoqda. Dunyoning eng iflos shaharlari reytingida poytaxt 8-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston havo sifati bo‘yicha JSST me’yorlariga mos keladigan davlatlar ro‘yxatiga kiritilmagan. Shveysariyaning IQAir kompaniyasi 2024-yil uchun hisobotni taqdim etdi.
Mavzuga doir: Iflos havodan qanday himoyalanish mumkin? NOVA24 tahririyati chang konsentratsiyasining kun sayin ortib borishi fonida dolzarb maslahatlarni taqdim etdi.
Izohlar