30 Iyul 2024, 14:17 Oʻzbekiston

Toshkentda fuqaroni xorijga yuborishni va’da qilgan shaxsning yonidan qalbaki pullar chiqdi

Uchtepa tumanida fuqaroni xorijiy davlatga yuborishni va’da qilgan shaxsning yonidan qalbaki 8400 AQSh dollari topildi.

Toshkentda fuqaroni xorijga yuborishni va’da qilgan shaxsning yonidan qalbaki pullar chiqdi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida L. nomli Hostel oldida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, xorijiy davlat fuqarosi M.S. firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, fuqaro Z.A.ni Angliya davlatiga borishi uchun 850 AQSh dollariga viza olib berishini aytib, shundan 350 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, M.S.ning yonidan o‘tkazish maqsadida saqlab kelingan 84 dona 100 AQSh dollarlik kupyuradagi qalbaki 8400 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar