7 Yanvar 2025, 12:31 Oʻzbekiston

Toshkentda dori savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Toshkentda dori savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro M.U. o‘tkazish maqsadida boshqa shaxslardan olib kelgan sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 300 quti (jami 1 500 dona) “Ferrozal” nomli dori vositasini fuqaro T.A.ga 21 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

So‘ng uning avtomashinasidan yana 4 quti dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar